O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat yuridik universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan klub xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yangi bosqichga ko‘tarish, iqtidorli va tashabbuskor qizlarni rag‘batlantirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, bu borada mavjud muammolarni tizimli rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, jamiyatda gender tengligini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Loyiha doirasida turli ilmiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Qizlar ovozi” klubiga a’zo bo‘lish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/3UAus4e