Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya iqtisodiyot universiteti mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligining Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi, TDYU xodimlari hamda Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya iqtisodiyot universitetining masʼul xodimlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga Yaponiya davlati tajribasi misolida maʼmuriy qonunchilikni qoʻllash, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunni amaliyotga joriy etish va uni takomillashtirib borish zarurati, qonunning davlat boshqaruvidagi ahamiyati va oʻrni boʻyicha batafsil maʼlumot berilib, ushbu yo‘nalishda Yaponiya va Oʻzbekiston tajribasi boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Shuningdek, mehmonlarga mamlakatimizda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunni amaliyotga joriy etish, maʼmuriy munosabatlarni samarali tartibga solish, qonunchilikdagi byurokratik talablarni bekor qilish bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar Yaponiya delegatsiyasi aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar