Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Akademik almashinuv dasturlari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov hamda Gdansk universiteti yuridik fakulteti dekani oʻrinbosari Marchin Viszovati, fakultet porfessori Edvardas Juchnevichius va Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Grzegorz Marczak 2021–2022- va 2022–2023-o‘quv yillaridagi akademik almashinuv dasturlari talabalari bilan uchrashdi.

Tadbirda PILSP va Erasmus+ dasturlari doirasida Gdansk universiteti “Huquq va boshqaruv” fakultetida tahsil olgan o‘zbek talabalariga diplomlar topshirildi.

Shuningdek, TDYU va Gdansk universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan akademik almashinuv dasturida 2022–2023-o‘quv yilida ta’lim oladigan talabalarga qabul xatlari (admission letters) taqdim etildi.

Uchrashuv davomida International Public Law School / International Private Law School maxsus maktabiga qabul qilingan TDYU talabalari bilan viza olish tartibi bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

Tadbir yakunida akademik almashinuv dasturi talabalari Yevropada ta’lim olishdan maqsadi va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashib, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun ikki universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Polshadagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Gdansk universiteti bundan 45 yil avval tashkil etilgan. Universitetda 11 ta fakultet, “Xorijiy tillar” va “Jismoniy tarbiya va sport” bo‘limlari mavjud. Qator fakultetlarda darslar ingliz tilida olib boriladi. Gdansk universitetida 26 mingdan ziyod talaba 201 ta mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oladi. Muassasada 1700 ta xonaga ega bo‘lgan 9 talabalar turar joyi mavjud.

Hodisalar

Barcha e'lonlar