TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi, Glazgo Universiteti bitiruvchisi Sayidkomil Ibodullayev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni xalqaro huquq bo‘yicha professor, Glazgo Universiteti Huquq maktabining aspirantura dekani, doktor Akbar Rasulov olib boradi.
“Xalqaro iqtisodiy huquq” (“International economic law”) bo‘yicha dars mashg‘ulotlari 12-16 sentabr kunlari 10:00 – 13:00 da TDYUning 2-bino 219-auditoriyasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun: professor Akbar Rasulov Esseks, Hall va Garvard universitetlarining bitiruvchisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, u Buyuk Britaniyadagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri bo‘lgan Glazgoning xalqaro huquq va xavfsizlik bo‘yicha Markazi a’zosidir.