Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy anjumanda Buyuk Britaniya, Kipr, Pokiston, Boshqirdistondan huquqshunos olimlar, JIDU va TDYUning “Fuqarolik huquqi”, “Biznes huquqi” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Elektron tijorat huquqi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada xorijiy ekspertlar, huquqshunos olimlar va tadqiqiotchilar tomonidan elektron tijoratni huquqiy tartibga solishning ahamiyati, asoslari hamda qonunchilikda mavjud kamchilik va muammolarlar tahlil qilindi.