Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

PQ-1 ijrosi doirasida TDYU tomonidan ishlab chiqilgan kriminologik metodikalar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqilgan kriminologik metodikalar hamda ilmiy tavsiyalar Adliya vaziriga taqdim etildi.

Taqdimot davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 12 turdagi jinoyatlar, jumladan, kiberjinoyatchilik, narkojinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik, yashirin iqtisodiyotga oid jinoyatlar, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘irlik, bezorilik, firibgarlik, talonchilik hamda tan jarohati yetkazish holatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikalar namoyish etildi.

Mazkur metodikalarda jinoyatchilik tendensiyalari chuqur tahlil qilinib, kriminogen omillar xaritasi ishlab chiqilgan, profilaktika choralariga oid aniq tavsiyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirishga doir aniq normativ-huquqiy takliflar ham kiritilgan.

Taqdimot yakunida Adliya vaziri tomonidan har bir jinoyat turi kesimida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni ishlab chiqish, ilmiy tavsiyalar asosini mustahkamlash hamda ilgari surilgan takliflar asosida qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar