Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yakkasaroy tumanida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan seminar-treninglar boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini samarali ta’minlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktika ishlarining natijadorligini oshirish maqsadida Yakkasaroy tumanida turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida tumandagi mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy profilaktika subyektlari hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etmoqda.

Yakkasaroy tumanidagi 21 ta mahallaning “mahalla yettiligi” hamda yoshlar yetakchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar davomida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining kibermadaniyatini yuksaltirish, kiberjinoyatlardan jabrlanish holatlarini kamaytirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy mexanizmlari, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish usullari, aholi bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminar-treninglar hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash, ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar