Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov boshchiligidagi universitet delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Tashrifning navbatdagi kunida delegatsiya a’zolari Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA))ning xalqaro va professional xizmat bo‘yicha direktori, professor Stefani Senford, akkreditatsiyalash va konsalting departamenti boshlig‘i Alisan Fels hamda biznesni rivojlantirish direktori Julie Till bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universitetidagi ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayonlarini mazkur yilning iyul oyidan boshlash, bunda QAA tomonidan konsultativ va boshqa amaliy ko‘mak faoliyatini joriy etish, professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish hamda ta’lim sifatini sertifikatlash va akkreditasiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA)) ta’lim sifatni ta’minlash bo‘yicha jahonning nufuzli ekspert tashkiloti hisoblanadi. Oliy ta’lim provayderlari va ushbu tizimni tartibga soluvchi tashkilotlar ta’lim sifati va standartlarni saqlab qolish va yaxshilash bo‘yicha ushbu agentlikka to‘liq ishonadi. Mazkur mustaqil tashkilot Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish uchun butun dunyo bo‘ylab hukumatlar, agentliklar va muassasalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar