Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti Direktori va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti Taliya Xabriyeva hamda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqiy tadqiqotlar markazi rahbari Anatoliy Kovler Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori Mir-Akbar Raxmanqulov, TDYU rektori v.v.b., professor, yuridik fanlari doktori Islambek Rustambekov hamda TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkent filiali vakillari ishtirok etdi.
Anjuman davomida konstitutsiyaviy huquq, jinoyat huquqi va boshqa huquq sohalaridagi dolzarb mavzular yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, fikr va tajriba almashildi.