Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

Yaponiyaning Keyo universiteti va Yokohama Milliy universiteti tomonidan “Contemporary Issues Surrounding Abuse of Superior Bargaining Position in Japanese Antimonopoly Act” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri Rustam Xursanov, Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Doniyor Abduazizov hamda Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayev ishtirok etdi.

Anjumanda doirasida Rustam Xursanov “Examining the Intersection of Contract and Competition Law: Imperfect Regulation of Contract Law in ASBP Cases” mavzusida, Doniyor Abduazizov “Legal Challenges in Defining and Applying the Abuse of Superior Bargaining Position under Uzbekistan Competition Law” mavzusida ma’ruza qilib, yaponiyalik hamkasblari bilan mavzular yuzasidan fikr almashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekiston va Yaponiya milliy qonunchiligi bilan yaqindan tanishib, bu borada o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar