Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Namangandagi maktablarda TDYU ko‘magida “Huquq sinfi” tashkil etiladi

Xabaringiz bor, 2024-yil 25-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish vazifasi belgilangan edi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida “Huquq sinfi”ni tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar va tashkiliy masalalar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktablari mutasaddilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ta’lim muassasalarida “Huquq sinfi”ni tashkil etishda Toshkent davlat yuridik universiteti yaqindan ko‘mak berishi ma’lum qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar