Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchilari Italiyaning Rim shahrida joylashgan mustaqil xalqaro tashkilot — Xususiy huquqni birlashtirish xalqaro instituti (UNIDROIT)da malaka oshirdi.
TDYU va UNIDROIT vakillari oʻrtasidagi o‘tkazilgan uchrashuvlarda raqamli aktivlarni huquqiy tartibga solish, smart-kontraktlar, sunʼiy intellekt, elektron tijorat va ushbu sohalarda qonunlarni qoʻllash boʻyicha yagona tushuncha masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2023-yil may oyida qabul qilingan raqamli aktivlar bo‘yicha UNIDROIT tamoyillari va ularni O‘zbekiston Respublikasida raqamli aktivlarni huquqiy tartibga solishda joriy etishning keyingi istiqbollari o‘rganildi.
Ma’lumot uchun: Xususiy huquqni birlashtirish xalqaro institutining maqsadi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda xususiy va tijorat huquqini modernizatsiya qilish, uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish ehtiyojlari va usullarini o‘rganish, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish uchun yagona huquqiy hujjatlar, tamoyillar va normalarni ishlab chiqish hisoblanadi.