Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) vakillari bilan uchrashdi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA))ga tashrif buyurib, ushbu tashkilot vakillari bilan strategik uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti va QAA o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetini QAA tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlab borishga qaratilgan muhim masalalar xususida fikr almashilib, QAA ekspertlari tomonidan TDYUda tegishli yo‘nalishlarga mas’ullar uchun treninglar o‘tkazish va bu orqali ularning xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar