Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik klinikalar talaba-volontyorlari uchun yozgi maktab tashkil etildi

O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Bo‘lajak huquqshunoslar uchun professional ko‘nikmalar” mavzusida tashkil etilgan yozgi maktabda TDYU, JIDU, Nukus davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Namangan davlat universiteti yuridik klinikalari talabalari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi huzuridagi yuridik klinika xodimlari ishtirok etdi.

Yozgi maktab doirasidagi mashg‘ulotlarda yuridik klinika talabalarining fuqarolar bilan muloqot qilish, ularni tinglash, muammoni tahlil qilish va maslahat berish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, aholiga bepul huquqiy yordam berish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, huquqiy maslahatlar berish jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar yechimi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish hamda universitetlar va talabalar orasida o‘zaro professional aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

Yozgi maktab mashg‘ulotlari 22-iyunda yakunlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar