Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Xitoyning Nanchang universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muxammad Ali Ramazonov, grantlar bo‘limi xorijiy mutaxassisi Yelena Guseletovadan iborat TDYU delegatsiyasi Xitoyning Jiansi provinsiyasida joylashgan Nanchang universitetida (Nanchang University) tashkil etilgan simpoziumda ishtirok etdi.

Ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan simpoziumda Nanchang universiteti xalqaro almashinuv departamenti boshlig‘i professor Fu Chun, yuridik instutining partiya qo‘mitasi kotibi Jou Man, yuridik instituti direktori o‘rinbosari Den Tsyanchun va xalqaro ta’lim boshqarmasi Sun Ventsze ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Nanchang universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar va g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, ikki oliy ta’lim muassasalari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, elektron kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, intellektual mulk sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida TDYU va Nanchang universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar