Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Anqara Yildirim Boyazid universiteti 2–4-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Mazkur dasturda ishtirok etishni istagan nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi hamda turk va ingliz tillarini bilishi talab etiladi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 1-mayga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi kerak:

– akademik transkipt nusxasi;

– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;

– tillarni bilish sertifikatlari (turk yoki ingliz tillari);

– boshqa sertifikatlar;

– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi yoki bahorgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.