Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va CERGE-EI jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Chexiyaning CERGE-EI jamg‘armasi prezidenti Toni Klaudino, jamg‘armaning ta’lim dasturlari bo‘yicha direktori Katerina Stexlikova, “Steppe Global Education” ta’lim tashkiloti asoschisi Joel Erikson Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., professor, Dr. Islambek Rustambekov, Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor Dr. Axtam Yakubov, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Dr. Fitrat Umirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, CERGE-EI jamg‘armasi tasarrufidagi universitetlarda ta’lim olishiga ko‘maklashish, TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining Jamg‘armaning stipendiya tanlovlarida ishtirokini ta’minlash, hujjat topshirish jarayonlari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: CERGE-EI (Center for Economic Research & Graduate Education — Iqtisodiyot instituti) Chexiyadagi ta’lim va ilmiy muassasa bo‘lib, Amerika standartlari bo‘yicha magistratura va doktoranturada iqtisodiy ta’lim (Magistratura va Iqtisodiyot bo‘yicha PhD), shuningdek, Amaliy iqtisodiyot bo‘yicha magistrlik dasturi (MAE dasturi, Amaliy iqtisod bo‘yicha MA) ta’lim jarayonlarini tashkillashtiruvchi jamg‘armadir. Jamg‘arma asosan nazariy va amaliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy siyosat sohalarida tadqiqot olib boradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar