Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti 2-4-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 60 foizdan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilishi talab etiladi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 25-iyunga qadar TDYU Xalqaro boshqarmasiga taqdim etishi lozim:

– akademik transkipt nusxasi;

– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;

– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa);

– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Shuningdek, yotoqxona xarajatlari ham talaba tomonidan to‘lanadi.