Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“The skill of inquiring and replying in question and answer sessions” mavzusidagi mahorat darsini Kristofer R.Kelley olib boradi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi va Arkanzas universiteti Huquq maktabi hamkorligida “The skill of inquiring and replying in question and answer sessions” (“Muloqotda savol-javob ko‘nikmalarini shakllantirish”) mavzusida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

27-avgust 19:00 dan boshlab ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotni Arkanzas universiteti Huquq maktabi professori Kristofer R.Kelley olib boradi.

Mashg‘ulotda ishtirokchilarga muloqotda to‘g‘ri savollar tuzish va ularga javob berish ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida ma’lumot beriladi.

Mahorat darsida quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/81932690063?pwd=IN1dLzjnj99eHbEKUKTaiTGDjKWnG7.1

Konferensiya ID: 819 3269 0063
Kirish kodi: 497018