Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 22-son bayoni ijrosi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 2024-yil 23-avgustdagi 29-sonli qoʻshma qarori ishlab chiqilib, tasdiqlandi
Hujjatga ko‘ra, endi bir yilda ikki marta — “Kuzgi” (oktabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida yugurish musobaqasi oʻtkaziladi.
Musobaqa natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Load More Post...