Xababringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i bilan otaliqqa olingan maktablar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining kafedralari ro‘yxati tasdiqlangan.
Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yili ikkinchi yarmida otaliqqa olingan maktablar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan oyma-oy amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlar, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun zamonaviy-pedagogika va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.
Belgilagan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining biriktirilgan kafedralari tomonidan hududlardagi otaliqqa olingan maktablarda masofaviy mahorat darslari yuqori saviyada tashkil etildi va unda o‘quvchilar faol ishtirok etdi.