Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Nagoya iqtisodiyot universiteti (NUE) 2–3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi va yapon tilini bilishi talab etiladi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi bo‘yicha ta’lim olishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 25-aprelga qadar TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga topshirishi kerak:

– akademik transkipt nusxasi.

– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.

– til bilish darajasi haqidagi sertifikat.

– boshqa sertifikatlar.

Shuningdek, akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalardan JLTP (yapon tilini bilish testi) darajasi N2 yoki undan yuqori bo‘lishi hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti va Yaponiya hukumati tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishi talab etiladi.

Loyiha 1 semestr (2025-yil sentabr–mart) davomida hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari) ni qoplaydi.

Nagoya iqtisodiyot universitetidagi barcha kurslar yapon tilida olib boriladi.