Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi — kontrakt.edu.uz ishga tushirilgan.

Mazkur tizim orqali abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini bilishi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun ular yuqoridagi axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli maʼlumotlarni kiritishi kerak.

Hurmatli fuqarolar va abituriyentlar!

Sizni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish asosida Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qishingizni va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Sizga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Toshkent davlat yuridik universitetida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun joylar soni cheklanganmagan. Faqat belgilangan muddatlarda ariza qoldirishingiz kerak. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish kirish uchun istalgan savollaringiz bo‘lsa, universitetning Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.