Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilish darajasi B2 (IELTS 6.0) va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
2025/2026-o‘quv yilining kuzgi yoki bahorgi semestrida akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
– akademik transkipt nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– ingliz tilini bilish sertifikati;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi yoki bahorgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Batafsil… (https://drive.google.com/drive/folders/1adbOE48QEKfrRAxQozDrmpx3eqHho-eL)
Load More Post...