Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jean-Picket xalqaro musobaqasida ishtirok etuvchi TDYU jamoasiga qabul boshlandi

Xalqaro ommaviy huquq bo‘yicha ingliz va fransuz tillarida o‘tkaziladigan tanlovning ingliz tilidagi versiyasi 25-fevraldan 4-martga qadar Albaniyada, fransuz tilidagi versiyasi 11–18-mart kunlari Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar 30 yoshdan kichik bo‘lishi, xalqaro ommaviy huquqdan yaxshi bilimga hamda ingliz tili yoki fransuz tilida ravon gapira olish va yozish malakasiga ega bo‘lishi, ushbu tanlovda ilgari ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.

Xalqaro tanlovda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Xurshid Botirovga yoki @jeanpictetuz telegram guruhiga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: TDYU jamoasi 2022-yilning 3–10-sentabr kunlari Indoneziyaning Denpasar shahrida o‘tkazilgan Jean-Picket xalqaro musobaqasida ilk marta va muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar