Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya "Istanbul arbitraj haftaligi"da ishtirok etdi.
Arbitraj haftaligi doirasida I.Rustambekov tomonidan investitsiya nizolarini hal etishni takomillashtirish istiqbollari bo‘yicha taqdimot o'tkazildi.
Jumladan, UNCITRAL doirasida ko'rib chiqilayotgan xalqaro investitsiya sudini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Anqaradagi Energetik nizolarni hal qilish markazi asoschisi va raisi bilan uchrashuv tashkil etilib, Turkiyada akademik almashinuv bo'yicha tahsil olayotgan TDYU talabalari uchun stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, haftalik doirasida Toshkent mediatsiya markazi va Energetik nizolarni hal qilish markazi o‘rtasida memorandum imzolandi hamda O'zbekiston va Turkiyada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga huquqiy yordam ko'rsatish bo'yicha huquqiy maslahat markazi tashkil etish haqida muzokara o'tkazildi.