Poytaxtimizda o‘tkazilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumi doirasida “Davlat huquqiy siyosati: dolzarb muammolar va kelgusidagi tendensiyalar” mavzusidagi muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani adliya vaziri R. Davletov ochib berdi hamda muhokama mavzusi bo‘yicha Adliya vazirligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va Singapur kabi xorijiy davlatlarning adliya vazirlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etgan sessiyada Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Xakimov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.