O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi hamda “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Ahrorxon Hoshimxonov, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar va “Xususiy huquq” fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Biznes-ombudsman instituti faoliyati, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning faoliyatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Yakunda “Biznes huquqi” bo‘yicha tashkil etilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.