Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Balli huquqshunoslar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda 4 ta fakultetning iqtidorli talabalaridan iborat jamoalar 4 shart asosida bellashdi.
Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — “Yuristlar” jamoasi (“Ommaviy huquq” fakulteti);
2-o‘rin — “Justice” jamoasi (“Xususiy huquq” fakulteti);
3-o‘rin — “TT-12” jamoasi (“Jinoiy odil sudlov” fakulteti).
G‘olib va sovrindorlar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.