Sergeli tumanidagi 317-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori A.Tashkulov, prorektorlar, fakultet dekanlari va tegishli tarkibiy boʻlinma boshliqlari hamda Sergeli tumanida Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi A.Mamajonov va tumandagi 26 ta umumtaʼlim maktabi direktorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 7-apreldagi 08-942-son topshirigʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sergeli tumanidagi 26 ta umumtaʼlim maktablari taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha TDYU biriktirilgani qayd etilib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi. Kelgusidagi vazifalar va rejalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga barcha maktab direktorlari TDYU Ishchi guruhi tarkibi bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida universitetga biriktirilgan maktablarda taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil qilish uchun har bir maktab fakultet dekanlari kesimida taqsimlandi hamda ularga kafedralar biriktirildi.