Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi Xalqaro tijorat arbitraji modelida “Yil debyuti” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi

Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti hamda Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi tomonidan an’anaviy Xalqaro tijorat arbitraji modeli o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri O‘tkirbek Xolmirzayev boshchiligida universitet jamoasi ham ishtirok etdi.

Universitetning 3-bosqich talabalari Samandar Samiyev, Jamshid Pardayev, Dilmurod Xolmatov, Sangina Yorqinova, Oybek Abdullayevdan iborat jamoa tanlovning “Yil debyuti” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, umumjamoa hisobida 50 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida 4-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, O‘tkirbek Xolmirzayev tanlovning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar