Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL ART” — “Talabalar teatr studiyasi” festivali ko‘rik-tanlovi g‘olibi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Talabalar teatr studiyasi” festivali ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalning final bosqichida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti, Chirchiq davlat pedogogika instituti, Toshkent davlat stomatalogiya instituti, Toshkent davlat pedogogika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg'ona filiali hamda Toshkent davlat yuridik universitetining teatr studiyalari jamoalari bellashdi.   

Festivalning respublika bosqichida Toshkent davlat yuridik universitetining "TSUL ART" jamoasi Nasrullo Qobilning “To‘da” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli bilan ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga iqtidorli talabalarimiz quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:

– “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” (jamoaviy);

– “Eng yaxshi erkak roli uchun” – Muxsinjon Sobirov, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi.

TDYU rektori universitetning "TSUL ART" jamoasi a’zolari bilan uchrashib, ularni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi.

“TSUL ART” jamoasi a'zolari pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar