Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Legal Education for the Next Generation — Kelajak avlod uchun huquqiy ta’limni rivojlantirish”

Boʻstonliq tumanidagi Olmos dam olish maskanida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun shu mavzuda seminar-trening va mahorat darslari boshlandi.

Ikki kunlik mashg‘ulotlarning ochilish marosimida bu kabi tadbirlar professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro tajriba bilan tanishish, mavzular yuzasidan fikr almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlarning aynan tog‘ yonbag‘rida tashkil etilishi ishtirokchilarga maroqli xordiq chiqarish imkonini berishi ham alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismiga start berildi. Dastlab “TDYU tadqiqot etikasi va akademik halollikni ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida erkin munozara o‘tkazildi.

Munozara doirasida universitetda oraliq va yakuniy nazorat ishlarida, talabalarni bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarida akademik halollikka rioya qilinishning holati tahlil qilinib, fikr almashildi. Shu bilan birga davlat grantlari tanlovlarida samarali ishtirok etish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Tadbirning ilk kuni davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Kechki konsert dasturi tadbirning birinchi kunini yakunlab berdi.

Seminar-trening va mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar