Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Botirjon Qosimov AQShning Berkli Kaliforniya universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Botirjon Qosimov AQShning Berkli Kaliforniya universiteti Huquq maktabi va uning huzuridagi Sud tadqiqotlari institutida 3 oylik ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Botirjon Qosimov AQShda sudyalar mustaqilligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tadqiq qilmoqda. Xususan, u tadqiqot doirasida sud hokimiyati mustaqilligi doktrinasi, sud hokimiyati mustaqilligi va javobgarligining nisbati, sud hokimiyati mustaqilligiga nisbatan to‘siqlarning kelib chiqishi, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashning konstitutsiyaviy asoslari, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmi hamda sudlar faoliyatini raqamlashtirish va uning sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi o‘rni bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Ilmiy stajirovka yakunida Botijon Qosimov tomonidan Kaliforniya universiteti Huquq maktabida tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Berkli Kaliforniya universiteti AQShning davlat universitetlari reytingida 1-o‘rinni, xalqaro QS reytingida 27-o‘rinni, universitetning Huquq maktabi esa huquq maktablari reytingida 9-o‘rinni egallaydi.