Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar siyosati va strategik tahlil bo‘limi boshlig‘i A.Xalturdiyev, bo‘lim bosh maslahatchisi Sh.Xamraqulov, Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti dekani Sh.Saydullayev va 150 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.
Tadbirda adliya organlari tizimi va ularning faoliyati, adliya tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish jarayoni, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar sohadagi faoliyatni boshlash va “Adliya klubi” ga a’zo bo‘lish tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Load More Post...