Aziz talabalar!
Agar siz zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsangiz yoki zo‘ravonlik holatiga duch kelgan boshqa inson haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan vakolatli davlat organiga — Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalariga maxsus xabarnoma orqali ma’lumot bering.
Murojaat uchun rasmiy xabarnoma shakli (https://t.me/tsulbox/354) ilova qilinmoqda. Ushbu shaklni to‘ldirib, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalariga taqdim etishingiz mumkin.
Shuningdek, bu jarayonda Toshkent davlat yuridik universiteti psixologi Farangis Sharipova doim sizga yordam berishga shay.
Manzil: TDYU 3-bino 236-xona
Ish vaqti: 8:30-17:30
Telegram: @Psychologist_TSUL
Foydali ma'lumotlar: @psyhelp_TSUL
Shuni bilingki, universitetimizda talabalar xavfsizligi va ruhiy barqarorligi ustuvor ahamiyatga ega.
Unutmang! Yordam so‘rash zaiflik emas, balki kuch belgisidir. Biz birgalikda ruhiy salomatlikni saqlash odatiy hol bo‘lgan jamiyatni yaratishimiz mumkin!
Load More Post...