Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Zamonaviy fuqarolik munosabatlarida voyaga yetmagan bolalarning o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish xususiyatlari” mavzusida seminar o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova ishtirok etadi.

Seminar davomida voyaga yetmaganlarning huquqiy layoqati, bolalar huquqlarini vakillar orqali amalga oshirish, voyaga yetmaganlarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarda ishtirok etishi, bolalarning meros olish huquqlarini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

Tadbir 18-oktabr 11:00 dan boshlab TDYU 3-bino katta majlislar zalida o‘tkaziladi.

Seminarda ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/hsYHD61JuDX5ZD7T7