Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti quyidagi tarkibiy bo‘linmalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi:

1) Axborot-resurs markazi Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi kutubxonachisi (1,5 shtat birligi);

2) Buxgalteriya buxgalteri (1 shtat birligi);

3) Tahririy-nashriyot bo‘limi Tipografiya sektori matbaa dizayneri (1 shtat birligi);

4) Tahririy-nashriyot bo‘limi Tipografiya sektori texnik muharriri (1 shtat birligi);

5) Xususiy huquq fakulteti tyutori (1,25 shtat birligi);

6) O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Ta’lim shartnomalari va toʻlovlarini muvofiqlashtirish boʻlimi iqtisodchisi (0,5 shtat birligi);

7) O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Elektron universitet bo‘limi muhandis-dasturchisi (1 shtat birligi);

8) O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Elektron universitet bo‘limi muhandis-elektronchi (1 shtat birligi);

9) Kiber huquq kafedrasi oʻqituvchi-yordamchisi (oʻquv ishlari boʻyicha assistent) (0,5 shtat birligi);

10) Davlat boshqaruvi kafedrasi oʻqituvchi-yordamchisi (tadqiqot ishlari boʻyicha assistent) (0,5 shtat birligi);

11) Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchi-yordamchisi (oʻquv ishlari boʻyicha assistent) (0,5 shtat birligi);

12) Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchi-yordamchisi (oʻquv ishlari boʻyicha assistent) (0,5 shtat birligi);

13) Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi oʻqituvchi-yordamchisi (tadqiqot ishlari boʻyicha assistent) (0,5 shtat birligi).

Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali onlayn ravishda hujjatlarni 26-mayga qadar (shu kuni ham) topshirishi mumkin: https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1571#⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠