Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari uchun yozgi ta’til davrida “Yoshlar — huquqshunoslar” targ‘ibot tanlovi e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yozgi ta’tilning iyun-iyul oylari davomida maktablarda huquqiy targ‘ibot, sport va boshqa tanlovlar tashkil etish orqali o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini oshirish hamda loyihada faol bo‘lgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovda qatnashishni istaganlar talaba o‘zining hududidagi istalgan umumta’lim maktabida quyidagi yo‘nalishlardan birirda faoliyat olib borishi mumkin:

1. “Men kimman — men kim bo‘laman?” mavzusida o‘quvchilar uchun motivatsion davra suhbati va huquqiy targ‘ibot tashkil etish;

2. O‘quvchilar o‘rtasida sport o‘yinlarini tashkil etish;

3. O‘quvchilar o‘rtasida intellektual salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan loyihalar tashkil etish.

Loyihalarda “Bolalar huquqlari maktabi” mavzusidagi interaktiv darslar, “Huquqiy savodxonlik” — qonunlar bilan tanishish uchun o‘yin formatidagi mashg‘ulotlar, “Yosh huquq himoyachilari” — maktab yoshidagi bolalar uchun huquqiy maslahat xizmatlarini qamrab olish maqsadga muvofiq.

Tanlov ishtirokchisi o‘tkazilgan tadbirlar haqidagi kunlik qisqacha ma’lumot (maktabning joylashgan hududi, raqami, o‘quvchilar soni va rasmlar)ni ilova qilgan holda @TDYU2025_1 Telegram manziliga yuborishi kerak.

Iyul oyining so‘nggida eng ko‘p va sifatli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etgan talabalar aniqlanib, sertifikat bilan taqdirlanadi va moddiy rag‘batlanatiriladi.