19-oktabr 14:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadigan taqdimotda “Street law” loyihasi, unga a’zo bo‘lish shartlari haqida ma’lumot beriladi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetining barcha professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishi hamda loyiha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishi mumkin.
Ma’lumot uchun: “Street law” — yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan maktab o‘quvchilariga volontyorlik asosida kundalik hayotda zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali o‘qitishga qaratilgan loyiha.
Load More Post...