Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti va Portugaliyaning Koimbra universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov hamda Koimbra universitetining xalqaro iqtisodiy huquq sohasidagi yetakchi mutaxassislari — professorlar Daniela Nassimento va Mariya Rakel Freyre ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, memorandumga ko‘ra, ikki univeristet o‘rtasida talabalar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, birgalikda seminarlar, konferensiyalar va boshqa akademik tadbirlarda ishtirok etiladi, tomonlar hakorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, turli ilmiy va boshqa tadbirlarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari Shohruhbek Tillaboyev, Dilshodjon Egamberdiyev, Bositxon Akmalxonov va Dilshod Rajabov Yevropaning “Gorizont — 2020” dasturi doirasida Koimbra universitetida ilmiy stajirovkadan o‘tagan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar