Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Yuridik klinikasiga a’zolikka qabul boshlandi

Xabaringiz bor, har yangi o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi a’zoligiga qabul bo‘lib o‘tadi.

Xo‘sh Yuridik klinikaga a’zo bo‘lgan talabalar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Birinchi navbatda, Yuridik klinika talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashi uchun katta maydondir.

Shuningdek, Yuridik klinika a’zoligiga qabul qilingan talabalar hayotiy kazuslar bilan ishlash, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, mustaqil tarzda ariza, shikoyat, da’vo arizalar yozish hamda professional yurist uchun kerak bo‘lgan boshqa muhim ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular malakali huquqshunoslar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Shunday ekan bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Quyidagi link orqali so‘rovnomani to‘ldiring va TDYU Yuridik klinikasiga a’zo bo‘ling: https://bit.ly/3fa3BvP⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar