Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Tokyo universiteti professori Takashi Arakining maqolasi o‘zbek tiliga tarjima qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi dotsenti v.b. Miryoqub Raximov tomonidan Tokyo universiteti professori Takashi Arakining “Yaponiyada mehnat va bandlik huquqi: an'anaviy modelning o‘zgarishi” nomli maqolasi muallifning roziligi olingan holda ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Maqolada Yaponiya mehnat huquqi, mehnat munosabatlarining globallashuv sharoitidagi o‘zgarishi, umrbod va uzoq muddatli bandlik tizimi, mehnatga haq to‘lash tartibi, shuningdek, Shunto (bahorgi hujum), RENGO kabi Yaponiya mehnat huquqining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.

Ma’lumot uchun: Tokyo universiteti Yaponiyadagi 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, hozirda u QS World University Rankings reytingida 23-o‘rinni egallab turibdi.

Mazkur maqolani library-tsul.uz saytidan yuklab olishinigiz mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar