Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

26-sentabrda navbatdagi “Professional mediatorlarni tayyorlash kursi”ning mashg‘ulotlari boshlanadi

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida  professional mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tashkil etiladi.

Kurs mashg‘ulotlari to‘lov kontrakt asosida amalga oshirilib, shartnoma summasi 820 000 so‘mni tashkil etadi.

26-sentabridan 7-oktabrigacha bevosita (oflayn) va masofaviy (onlayn) shaklda tashkil etiladigan kurs yakuniga ko‘ra davlat namunasidagi sertifikatni olgan bitiruvchilarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Kursda taʼlim olish istagini bildirgan talabgorlar 26-sentabrga qadar tdyu.markaz@mail.ru elektron pochtasi yoki +998 71 233-22-14, +998 90 316-07-11 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.