--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari uchun Yaponiyada stajirovka imkoniyatlari kengaymoqda!

Yaponiyaning Aichi advokatlar assotsiatsiyasining 18 nafar advokatdan iborat delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitet rektori, professor Baxshillo Xodjayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning huquqiy tizimi, qonun normalarini qo‘llash amaliyoti, qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlari hamda ikki mamlakat huquqshunoslari o‘rtasida professional hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, TDYU talabalari uchun Yaponiya advokatlik firmalarida stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish yuzasidan fikr almashilib, mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur tashabbus bo‘lajak huquqshunoslarga xorijiy yuridik amaliyot bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba orttirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. 

Tashrif davomida yaponiyalik advokatlar TDYU huzurida Nagoya universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti