--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU vakillari AQSHdagi nufuzli konferensiyada ishtirok etdi

AQSHning Yuta shtatida dunyoning turli mamlakatlaridan 400 nafardan ortiq delegat — huquqshunos olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va yetakchi ekspertlarni birlashtirgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi rahbari Axadjon Xakimov hamda markaz katta ilmiy xodimi Shohruxbek Tillaboyev ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyada zamonaviy xalqaro huquqning dolzarb muammolari, inson huquqlari, huquqiy tizimlarning rivojlanishi, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning huquqiy munosabatlarga ta’siri hamda globallashuv sharoitida adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

TDYU vakillarining xalqaro anjumandagi ishtiroki xorijiy ilmiy markazlar va yetakchi universitetlar bilan akademik aloqalarni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti