--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda Yuridik klinika va O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Dual ta’lim dasturi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda TDYU Klinik ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi raisi Otabek Narziyev ishtirok etib, bo‘lajak huquqshunoslar bilan kasbiy tayyorgarlik va zamonaviy yuridik amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot davomida klinik yuridik ta’limni rivojlantirish va uning amaliy ahamiyati, axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida huquqshunoslik sohasida yuzaga kelayotgan yangi muammolar va tendensiyalar, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash va kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda amaliyot jarayonini samarali tashkil etish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda talabalar Yuridik klinika hamda O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi faoliyatiga oid savollariga javob oldi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti