Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Islambek Rustambekov “Lexology Index”da “Xalqaro arbitrajda kelajak yetakchisi” deb e’tirof etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor, xalqaro arbitr Islambek Rustambekov nufuzli xalqaro “Lexology Index” (avvalgi “Who‘s Who Legal”) reytingida “Xalqaro arbitrajda kelajak yetakchisi” toifasida e’tirof etildi.

“Lexology Index” (Buyuk Britaniya) huquqning turli sohalarida yetakchi huquqshunoslar va ekspertlarni aniqlab, ularning reytingini belgilovchi keng qamrovli, ma’lumotlarga asoslangan tadqiqot ishlari bilan butun dunyoda tan olingan. Yetakchi yuridik firmalar va xalqaro korporatsiyalar foydalanadigan “Lexology” yuridik tahlilning global platformasi bo‘lib, tashkilotlarga xavflarni kamaytirish, huquqiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish va huquqiy yordam uchun eng yaxshi mutaxassislarni topishda ko‘maklashadi.

Professor Islambek Rustambekovning ushbu nufuzli reytingga kiritilishi uning tajribasi va bilimi, uzoqni ko‘ra bilishi hamda xalqaro arbitrajni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi natijasidir. Uning “Kelajak yetakchisi” sifatida tan olinishi nafaqat shaxsiy yutuqlarini, balki Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori sifat standartlariga sodiqligini va kelajakdagi yuridik ta’lim hamda amaliyotni global darajada shakllantirishdagi muhim rolini ham aks ettiradi.

Xalqaro yuridik hamjamiyatdagi ushbu nufuzli e’tirof Toshkent davlat yuridik universitetining jahon miqyosidagi obro‘sini yanada oshiradi. “Lexology” huquq sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni aniqlash va e’tirof etishni davom ettirmoqda, TDYU esa xalqaro arbitraj va yuridik fanni rivojlantirishga hissa qo‘shgan holda yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Batafsil… https://www.lexology.com/firms/1352949/islambek_rustambekov⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar