Poytaxtimizda “Konstitutsiyaviy islohotlar va konstitutsiyaviy nazorat institutini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil topganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi hamda Konstitutsiyaviy sudning hamkorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Konrad Adenauer fondi hamda TDYU professor-o‘qituvchilari — Omonulla Muxamedjanov va Ixtiyor Bekov ishtirok etdi.
Shuningdek, xalqaro konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar, xususan, Tailand Qirolligi Konstitutsiyaviy sudi, Indoneziya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi konstitutsiyaviy sudlari raislari, sudyalari hamda 30 dan ortiq ekspertlar va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.
Anjumanda TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, professor Ixtiyor Bekov “Konstitutsiyaviy odil sudlov tizimini ilm va ta’lim bilan uyg‘un takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.