Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Britaniya xalqaro va qiyosiy huquq instituti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

TDYU delegatsiyasining Londonga tashrifi davomida Britaniya xalqaro va qiyosiy huquq instituti (BIICL) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda TDYU va institut hamkorligida ingliz tijorat huquqini O‘zbekistonda qo‘llash, ingliz raqobat huquqi, intellektual mulk huquqi, legal tech, kiber huquqi kabi 10 ortiq sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, seminar-treninglar tashkil etish, TDYU tadqiqotchilarini Britaniya sudlari va yuridik firmalarida tajriba orttirishini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida yuqoridagi ishlar va rejalarni amalga oshirish yuzasidan TDYU va BIICL o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar